侠客岛:一旦萨德入韩,中国不排除与韩“准断交”
![]() |
Vikilug?atda munitsipalitet nomli maqola mavjud. |
Munitsipalitet (nemischa: Munizipalit?t , fransuzcha: municipalité, lotincha: municipiumdan) — aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga ega o?zini-o?zi boshqaruvchi ma?muriy-hududiy birlik (odatda aholi punktlari guruhi, shahar, shahar tipidagi qishloq yoki qishloq). Ayrim mamlakatlarda (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina munitsipalitet deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy o?zini o?zi boshqaruvchi organ munitsipalitet deb ataladi, u munitsipal yig?ilish va mahalliy ma?muriyat boshlig?i (munitsipalitet rahbari)ni o?z ichiga oladi. munitsipalitet tegishli ma?muriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitutsiyaviy huquqda xalq-huquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, munitsipalitet mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qo?yiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat bo?ladi. Munitsipalitet munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi bo?lishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy ta?minot bo?yicha turli muassasalarni boshqaradi. munitsipalitetning asosiy daromad manbai aholidan yig?iladigan mahalliy soliqlardir.[1]
Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi ma?muriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:
- Shahar munitsipalitetlari — (odatda yirik) shahar va o?sha darajadagi mavjud bo?lgan asosan qishloq tumanlarini o?z ichiga oluvchi ma?muriy birliklar. Bunday holatda boshqaruv organlari odatda mer va shahar kengashi (yoki munitsipal kengash) hisoblanadi.
- Ayrim mamlakatlarda yagona aniqlangan darajadagi (odatda 2- yoki 3-) ma?muriy birlik, undagi shaharlarning mavjudligi va ularning soniga qaramasdan munitsipalitet deb hisoblanadi. Ko?pchilik bunday mamlakatlarda munitsipalitet — saylov organlari tomonidan boshqariladigan eng kichik ma?muriy birlik.
Boshqa mamlakatlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar ma?muriy birligi hisoblanadi:
2-daraja
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ozarbayjon munitsipalitetlari (ozarbayjoncha: b?l?diyy?(l?r))
- Angola munitsipalitetlari (portugalcha: município(s))
- Braziliya munitsipalitetlari (portugalcha: municípios)
- bermud munitsipalitetlari (inglizcha: municipalities) — 2 shahar
- Venesuela munitsipalitetlari (ispancha: municipios)
- Gvatemala munitsipalitetlari (ispancha: municipios)
- Gonduras munitsipalitetlari (ispancha: municipios)
- Gruziya munitsipalitetlari (gruzincha: ??????????????)
- Dominika Respublikasi munitsipalitetlari (ispancha: municipios)
- Indoneziya shahar munitsipalitetlari (indonezcha: kota)
- Kamboja munitsipalitetlari (kxmer. ?????, кронг) — shaharlar
3-daraja
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Argentina munitsipalitetlari (ispancha: municipio(s))
- Boliviya munitsipalitetlari (ispancha: municipios)
- Zimbabve munitsipalitetlari (inglizcha: municipalities)
- Ispaniya munitsipalitetlari (ispancha: municipios)
Sifat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munitsipal sifati shuningdek Rossiya, Ukraina va boshqa Sovet davridan keyingi mamlakatlarda davlat mulkchiligi ob?yektlariga nisbatan qo?llanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ?Муниципалитет (Wayback Machine saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)? Rossiya jurnali
- Положение о муниципалитете внутригородского муниципального образования Отрадное в городе Москве (Wayback Machine saytida 2025-08-14 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada O?zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma?lumotlaridan foydalanilgan. |